U-23 Osiyo kubogi. Avstraliya bosh murabbiyi: "Turkmanistonning bu bosqichga yetib kelishi hech qanday syurpriz emas, chunki..."

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2022, 12:40
Ertaga U-23 Osiyo kubogining chorak final bahslari bo'lib o'tadi.

Avstraliya va Turkmaniston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Trevor Morgan hamda futbolchi Lachlan Bruk ishtirok etishdi.

- Guruh bosqichi yakuniga etdi, bahslar haqida fikringiz?
- Aynan bir narsani ayta olmayman, ammo bizning jamoa o'yindan-o'yinga o'sayotganini ko'rishdan xursandmiz va biz ertangi o'yini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz.




- Ertangi bahsga jamoangizning tayyorgarligi qanday bo'ldi?
- Kayfiyatimiz a'lo darajada. Bizining jamoa faqat qobiliyatli futbolchilar yig'ilgan va ular bir jamoa bo'lib yaxshi vaqt o'tkazishmoqda. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. OFK va mezbon O'zbekiston bu musobaqa hamda sharoitlarni a'lo darajada qilib berishdi. Bu yerdaligimizdan xursandmiz va bu yerda mazza qilyapmiz.

- Ertangi raqib Turkmaniston jamoasi haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlasha olasizmi?
- Bu jamoaga nisbatan hurmatim cheksiz. Chunki bu jamoa guruhidagi yuqori darajadagi jamoalarga qarshi ajoyib natijalarni qo'lga kiritdi ammo biz bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik bilan yetib keldik. Biz bu bahsda g'alaba qozonishni maqsad qildikmi, demak bu maqsadimizga erishamiz.




- Turkmaniston terma jamoasining bu bosqichga yetib kelgani siz uchun syurpriz bo'lmadimi?
- Turkmanistonning bu bosqichga yetib kelishi hech qanday syurpriz emas, chunki bunday katta musobaqada kuchsiz jamoalar ishtirok etmaydi va shu bilan birgalikda jamoalar o'yindan-o'yinga kuchayib borishadi.

- Futbolchiga savol: Chorak finalga tayyorgarlik qanday kechdi?
Lachlan Bruk: - Tiklanish uchun dieta qildik chunki ertangi bahs oldidan zararli narsani eb qo'ymaslik biz uchun juda muhim. Chorak final bahsi oldidan biz bu uchrashuvga jiddiy yondashib bor fikrimizni bir joyga jamlaymiz. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia