U-23 Osiyo chempionatining eng chiroyli goliga ovoz berish boshlandi. Nomzodlar orasida ikki nafar o'zbekistonlik bor

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2018, 08:46
Kuni kecha Xitoyda U-23 Osiyo chempionati bahslari yakuniga etdi.

OFK rasmiy sayti musobaqaning eng chiroyli golini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazmoqda. 

10 nafar nomzod orasida ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi tomonidan urilgan gol ham bor. Azizjon G'anievning Janubiy Koreyaga urgan goli hamda Jasurbek Yaxshiboevning Yaponiya darvozasiga urgan gol eng chiroyli bo'lish uchun kurash olib bormoqda. 

Eng chiroyli golga ovoz berish uchun OFK rasmiy saytiga kirish lozim. OVOZ BERISH

Ayni paytga kelib 2000ga yaqin ovoz berilgan. So'rovnomada vetnamlik futbolchining goli juda katta farq bilan birinchi o'rinda bormoqda. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia