U-23 Osiyo chempionati. Suriya so'nggi soniyalarda gol urib Qatardan ochko oldi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2020, 17:58
Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatining "B" guruhining 1-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tdi.

O'zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqarib borgan Qatar hamda Suriya uchrashuvining dastlabki yarim soatidan keyin 2:0 hisobi qayd etilayotgan edi.

Biroq birinchi taymda hisobni qisqartirgan Suriya, 90+4-daqiqada urilgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi - 2:2.



U-23 Osiyo chempionati
"B" guruhi, 1-tur
Qatar - Suriya
9 yanvar 2020 yil. Rangsit. "Tammasat" stadioni.
Bosh hakam:
Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Andrey Sapenko va Timur Gaynullin (ikkisi O'zbekiston)
To'rtinchi hakam: Muhanad Qosim Sarray (Iroq)
VAR hakami: Kim Jong Xyok (Janubiy Koreya)
VAR yordamchi hakamlari: Ko Xyung Jin va Kim Xi Gon (ikkisi Janubiy Koreya)

Gollar: Yusuf Abdurisag 1, Yusuf Muhammad 22 avtogol - Abdulrahmon Barakat 31, Ahmad Dali 90+4.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia