U-23 Osiyo chempionati. Xitoy - O'zbekiston uchrashuvini ham qatarlik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2020, 11:55
OFK U-23 Osiyo chempionatining navbatdagi bahslari uchun hakamlar nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuvni qatarlik Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Ma'lumot uchun, Al Jassim 1987 yilda tug'ilgan va 2013 yildan buyon FIFA hakami sifatida ishlab kelmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Eron uchrashuvida qatarlik Hamis Al Marri bosh hakam bo'lgandi, Abdulrahmon Al Jassim zaxira hakami sifatida ishlagan edi.


U-23 Osiyo chempionati
"C" guruhi, 2-tur
Xitoy - O'zbekiston
12 yanvar 2020 yil. Songxla. "Tinsulanon" stadioni. 18:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam:
Abdulrahmon Al Jassim (Qatar)
Qanot hakamlari: Tolib Salim Al Marri va Saud Ahmad Al Maqaleh (ikkisi Qatar)
To'rtinchi hakam: Hamis Al Kuvari (Qatar)
VAR hakami: Abdulla Al Marri (Qatar)
VAR yordamchi hakamlari: Umar Muhammad Ahmad Hassan Al Ali va Muhammad Abdulla HAsan Muhammad (ikkisi BAA)


Eslatib o'tamiz, ushbu o'yin 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:15da boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia