U-22 Osiyo chempionati akkreditatsiyasi 2 yanvargacha davom etadi

Narzulla Saydullayev
13 dek 2013, 12:58
2014 yilning 11-26 yanvar kunlari Ummonda 2013 yilgi U-22 Osiyo chempionati bahslari bo'lib o'tadi.

Musobaqani yoritish istagida bo'lgan muxbirlarni akkreditatsiyadan o'tkazish jarayoni 1 dekabr kuni ochilgan.

OFKning ma'lum qilishicha, musobaqani bevosita Ummondan turib yoritish istagida bo'lgan OAV xodimlari mediachannel.the-afc.net manzilida joylashgan OFK media-kanali orqali ro'yxatdan o'tishlari, kerakli barcha hujjatlarni taqdim etishlari kerak. Akkreditatsiya uchun hujjatlarni taqdim etish jarayoni 1 dekabr kuni ochilgan bo'lib, 2014 yil 2 yanvariga qadar davom etadi.

Ko'rsatilgan muddat ichida OFK media-kanali orqali arizalarni jo'natmagan jurnalistlarga akkreditatsiya berilmasligi, o'z-o'zidan, ushbu jurnalistlar musobaqalarni yoritishga qo'yilmasligini e'tiborga olishingizni so'raymiz, - deyiladi OFK axborotida.

Shuningdek, Ummonga musobaqani yoritish uchun bormoqchi bo'lgan jurnalistlar, jurnalistlar uchun mo'ljallangan kirish vizasi uchun ariza berishda o'zlari bilan birga qanday qurilmlarni Ummonga olib kirmoqchi ekanliklarini ham ko'rsatishlari so'raladi. Shu munosabat bilan, OFK media-kanali orqali ro'yxatdan o'tayotgan vaqtda viza olish uchun ko'rsatilishi kerak bo'lgan qurilmalar ro'yxatini ham ilova qilish so'raladi.

U-22 Osiyo chempionati akkreditatsiyasi masalasida qo'shimcha savollar paydo bo'lsa, seunghum.lee@the-afc.com elektron pochta manzili orqali Li Syoungamga murojaat qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada Shuhrat Maqsudov qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etadi. O'zbekistonlik futbolchilar D guruhida Iroq, Saudiya Arabistoni va Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Jamoa musobaqa arafasidagi ilk yig'inni 24-29 dekabr kunlari Toshkentda o'tkazishni rejalashtirgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com