U-21 va U-18 larda nechanchi yillar o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
27 fev 2020, 13:47
U-21 ligasida bu yil yoshi eng katta futbolchi 1999 yilda tavallud topgan bo'lishi kerak.

Aqllik klublar safi esa allaqachon 2001-2003 yillarda tavallud topgan futbolchilar bilan to'ldirilgan. Chunki 21 yoshli futbolchilarni to'liq olib yurishdan naf yo'q. “Paxtakor“, “Lokomotiv“, “Nasaf“, “Bunyodkor“ va bu yildan boshlab “Metallurg“ va “Navbahor“ ham shu yo'lni tanladi. Qolgan jamoalar qanday tartibda hozircha bilmayman, buni yakuniy ro'yxat e'lon qilinganidan so'ng aytish mumkin. “Navbahor“ni esa 2 nafar 2004 yilda tavallud topgan futbolchini kengaytirilgan tarkibga jalb qilganligini ham ta'kidlab o'tish lozim.

Keyingi yillarda U-21 va U-18 qanday tartibda shakllanadi.

2020 - 1999/04 (2001. 2 nafar majburiy)
2021 - 2000/05 (2002)
2022 - 2001/06 (2003)
2023 - 2002/07 (2004)
2024 - 2003/08 (2005)
2025 - 2004/09 (2006)
2026 - 2005/10 (2007)
2027 - 2006/11 (2007)

U-18 ligasini uy safar tizimiga o'tkazganligi PFLning eng to'g'ri qarorlaridan biri bo'ldi. Bari bir klublarni majburlamasa ular qaramaydi. Endi bu jamoalarni moliyalashtirish uchun qaysidir futbolchidan tejaydi yoki rahbar o'z maoshini kamaytiradi. Xullas uning ishi. Lekin bu kelajak uchun juda kerakli musobaqa.

2020 - U 18 2002/03
2021 - U 18 2003/04
2022 - U 18 2004/05
2023 - U 18 2005/06
2024 - U 18 2006/07
2025 - U 18 2007/08
2026 - U 18 2008/09
2027 - U 18 2009/10

P.S:
Joriy mavsum ishi to'g'ri yo'lga qo'yilgan klublarning U-18 ligasida asosan U-21 ga kira olmagan 2002/03 yilda tug'ilgan futbolchilar to'p tepadilar.

Yangi mavsumda insofli, totalizator o'ynamaydigan, kelishmaydigan, hakamlar bilan muomula qilmaydigan erkak jamoalarga omad!


Nodirxo'ja Yuldashev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia