
15 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahriga jo'nab ketadigan terma jamoamiz mazkur xorij yig'ini oldidan sinov-nazorat o'yinini tashkil etishni lozim topdi. Unga ko'ra, bugun “Jar” stadionida birinchi liga vakili “Oq-tepa” bilan kuch sinashiladi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanishi rejalashtirilgan.