U-19 Osiyo chempionatida BAA termasining 23 futbolchisi qatnashmaydi!

Narzulla Saydullayev
16 sen 2014, 12:43
Kelasi oy Myanmada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida BAA terma jamoasi ikkinchi tarkibi bilan ishtirok etadigan bo'ldi.
BAA futbol assotsiatsiyasi rasman tasdiqlagan ma'lumotga ko'ra, yoshlar terma jamoasiga nomzod bo'lgan 23 nafar futbolchi harbiy xizmatga borishi sababli Osiyo chempionatida qatnashmaydi.

"Garchi, Osiyo chempionatida yetakchi o'yinchilar qatnasha olmasa-da, biz milliy burch birinchi o'rinda ekanini tushunamiz. Ularning o'rnini boshqa futbolchilar munosib to'ldirishga harakat qilishadi. Mamlakat sporti muvaffaqiyatlariga hissa qo'shish uchun 2015 yil Yangi Zelandiyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga yo'llanma olish vazifasi maqsadimizdir", - deb yozilgan rasmiy bayonotda.
Umar Jumaa, Muhsin Abdulla, Holid Attas kabi yetakchilar va yana 20 nafar nomzod BAA mamlakati harbiy xizmatini o'tashadi. Bazi o'yinchilar terma jamoa yig'inida qatnashib, xizmatga bormagani sababli qamoqqa olingandi. Endi barcha futbolchi harbiy majburiyatni o'taydi. Bu degani BAA yoshlar termasi to'lig'icha 2-tarkib bilan Myanmaga boradi deganidir. Eslatib o'tamiz, BAA terma jamoasi O'zbekiston, Avstraliya va Indoneziya bilan bir guruhda ishtirok etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia