U-19 Osiyo chempionati saralashi. Turkmaniston - Hindiston - 2:2

Narzulla Saydullayev
12 okt 2013, 20:26
U-19 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi Turkmaniston va Hindiston o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida hindlardan bitta futbolchi qizil kartochka oldi. 10-daqiqada Turkmaniston hisobni ochdi - 1:0.  Ikkinchi bo'lim boshida hisob tenglashdi. 84-daqiqada hindlar oldinga chiqib olishdi - 1:2. Ammo keyingi daqiqada turkmanlar hisobni tenglashtirdi - 2:2. O'yin aynan mana shu hisob bilan tugadi.

18:30
Turkmaniston U19 - Hindiston U19 - 2:2 (tugadi)
 

Ushbu natija O'zbekiston uchun ijobiy bo'ldi. Endi Qatarni mag'lub etsak yoki durang o'ynasak Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishimiz aniq bo'ladi. Agar Qatarga imkoniyat boy berilsa u holda boshqa guruhdagi ikkinchi o'rinni olgan jamoalarning natijasiga qarashga majbur bo'lamiz. Ayni paytda O'zbekistonning bu boradagi ko'rsatkichi +3 bo'lib turibdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia