U-19 Osiyo chempionati. Janubiy Koreya guruhda qolib ketdi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2016, 23:34
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati "A" guruhida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

E'tiborli tomoni dastlabki ikki turda g'alabaga erishgan Janubiy Koreya terma jamoasi guruhda qolib ketdi. Sababi bugun koreyslar Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Ikkinchi bahsda esa Bahrayn Tailandni 3:2 hisobida engdi. Natijada uchta jamoada 6tadan ochko bo'ldi. Bunday holatda mana shu uch jamoa o'rtasidagi natijalar hisoblandi. Uchala jamoa hisobida o'zaro bahslarda 3 ochkodan bo'ldi. To'plar nisbati Saudiya Arabistoni va Bahraynda 4:4, Janubiy Koreyada 3:3ni ko'rsatdi. O'zaro o'yinlarda ko'proq gol urishgani uchun ikki arab jamoasi chorak finalga yo'l oldi. Keyingi yilgi U-20 Jahon chempionatida mezboni Janubiy Koreya esa Osiyo chempionatini guruh bosqichidayoq yakunladi. Endi qita chempionatining yarim finaliga chiqqan to'rt jamoa va Koreya mundialga chiqishadi.


"A" guruhi

Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni 1:2

Bahrayn - Tailand 3:2


#      

Jamoalar

O'    

YU   

D    

M    

T-N     

O    

1

Bahrayn

3

2

0

1

7:6

6

2

Saudiya Arabistoni     

3

2

0

1

8:4

6

3

Janubiy Koreya

3

2

0

1

6:4

6

4

Tailand

3

0

0

3

3:10

0


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia