U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralashini g'alaba bilan boshladik

Narzulla Saydullayev
6 noya 2019, 19:29
O'zbekiston U-19 terma jamoasi bugun Osiyo Chempionati-2020 saralashidagi ishtirokini boshladi.

O'zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning “F” guruhidan o'rin olgan va guruhda Saudiya Arabistoni, Hindiston hamda Afg'oniston terma jamoalari bilan bahs olib boradi. U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari Saudiya Arabistonidagi Xobar shahrida o'tkaziladi.

Ilk uchrashuvni vakillarimiz hindistonlik tengqurlariga qarshi o'tkazib 2:0 hisobida g'alabaga erishishdi. Gollarga Ulug'bek Xoshimov va Muzaffar Olimjonov mualliflik qilishdi.



U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralashi

O'zbekiston – Hindiston 2:0
Gollar:
Ulug'bek Xoshimov (51), Muzaffar Olimjonov (65)

O'zbekiston U-19: Abduvohid Ne'matov, Saidazamat Mirsaidov, Xurshidbek Ubaydullaev, Ibrohimhalil Yuldoshev, Odilbek Abdumajidov, Jasurbek Jaloliddinov, Diyor Ramazonov, Diyorbek Rahimqulov, Xojimat Erkinov, Muzaffar Olimjonov, Ulug'bek Xoshimov

Zaxira: Asadullaxon Polvonov, Behzod Shamsiev, Alibek Davronov, Eldorbek Begimov, Davron Anvarov, Otabek Jo'raqo'ziev, Ruslan Roziev, Ibrohim Ibragimov, Sunnatilloxon Hamidjonov, Islomjon Abdullaxonov, Muhammadqodir Rahimberganov


“F” guruhi o'yinlari taqvimi
6 noyabr

21:05 | Saudiya Arabistoni – Afg'oniston
17:05 | O'zbekiston – Hindiston 2:0

8 noyabr
17:05 | Afg'oniston – O'zbekiston
21:05 | Hindiston – Saudiya Arabistoni

10 noyabr
21:05 | Saudiya Arabistoni – O'zbekiston
17:05 | Hindiston – Afg'oniston


foto: O'FA matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia