U-17 Jahon chempionati. Eron chorak finalda kim bilan o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
18 okt 2017
Hindistonda o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida chorak final juftliklari ma'lum bo'ldi.

Afrikaning ikki jamoasi Mali va Gana yarim finalga chiqish uchun kurashishadi. AQSH va Angliya ham chorak finalda to'qnash kelishadi. Osiyo jamoalari orasida musobaqada eng uzoqqa bora olgan Eron Ispaniya bilan kuch sinashadi. Nihoyat chorak finalning eng so'nggi juftligi: Germaniya - Braziliya.

U-17 Jahon chempionati. Chorak final
21 oktyabr

Mali - Gana
AQSH - Angliya

22 oktyabr
Ispaniya - Eron
Germaniya - Braziliya



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia