U-16 Osiyo chempionati. Tojikiston Jahon chempionatiga boradi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2018, 20:27
Malayziya mamlakatida U-16 Osiyo chempionati chorak final bahslari bo'lib o'tmoqda.

Birinchi chorak finalda Yaponiya Ummon o'smirlarini mag'lub etib yarim finalga chiqqandi. Bundan tashqari Yaponiya 2019 yil Peru mamlakati mezbonlik qiluvchi U-17 Jahon chempionatiga yo'llanmani ham qo'lga kiritdi. 

Biroz oldin KXDR va Tojikiston o'rtasidagi chorak final uchashuvi yakuniga etdi. 1:1 hisobida tugagan o'yinda g'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda qo'shnilarimiz omadliroq chiqib yarim final hamda JCH-2019 yo'llanmasiga ega bo'lishdi.

Ushbu Osiyo chempionatida yarim finalga chiqqan 4ta jamoaga ham Jahon chempionati yo'llanmasi taqdim etiladi.

Ertaga chorak finalning yana ikkita uchrashuvi bo'lib o'tadi. 




TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia