U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga start berildi

Narzulla Saydullayev
17 sen 2017, 08:01
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bugun, 16 sentyabr kuni U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlariga start berildi.

Turning dastlabki o'yinida Shri-Lanka va Bahrayn o'smirlari o'zaro bahs olib bordi. O'yin davomida katta ustunlikka ega bo'lgan bahraynliklar 6:0 hisobida g'alaba qozondi. Saudiya Arabistoni va Iordaniya o'yinida mezbonlar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Qayd etish joiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqada o'z ishtirokini 2-turdan boshlaydi. Dilshod Nuraliev shogirdlari ilk o'yinni Bahraynga qarshi o'tkazadi.

U-16 OCH saralash bosqichi
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
16 sentyabr, shanba

Shri-Lanka – Bahrayn 0:6

Iordaniya – Saudiya Arabistoni 2:1

Birinchi turdan keyin “A” guruhi jadvali quyidagi ko'rinishni oldi.

#

Jamoa/“A” guruhi

O'

G'

D

M

T/N

O

1.

Bahrayn

1

1

0

0

6-0

3

2.

Iordaniya

1

1

0

0

2-1

3

3. 

Saudiya Arabistoni

1

0

0

1

1-2

0

4. 

Shri-Lanka

1

0

0

1

0-6

0

5. 

O'zbekiston

0

0

0

0

0-0

0

Quyida bo'lajak o'yinlar anonsi bilan tanishish mumkin.

18 sentyabr, dushanba

Bahrayn – O'ZBEKISTON
Shri-Lanka – Iordaniya

20 sentyabr, chorshanba

O'ZBEKISTON – Shri-Lanka
Saudiya Arabistoni – Bahrayn

22 sentyabr, juma

Iordaniya – O'ZBEKISTON
Saudiya Arabistoni – Shri-Lanka

24 sentyabr, yakshanba

Bahrayn – Iordaniya
O'ZBEKISTON – Saudiya Arabistoni

Eslatma: O'yin soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Ma'lumot uchun, U-16 Osiyo chempionati saralashida OFKga a'zo jami 45 mamlakatning o'smirlar terma jamoalari 10 guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi. Guruhda birinchi o'rinni egallagan 10 ta hamda eng yaxshi 5 ta ikkinchi o'rin sohiblari mezbon Malayziyaga qo'shilgan holda OCH finaliga yo'llanma oladi. U-16 Osiyo chempionati final bosqichi 2018 yilning 20 sentyabr  – 7 oktyabr kunlari Malayziyada o'tkaziladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com