Tuxel “Man Siti”ga qarshi o'yindan keyin Lukakuni tanqid qildi

Eldor Akmurzayev
16 yanv 2022, 09:15
APL 22-turi doirasida “Manchester Siti”ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, “aristokratlar” ustozi Tomas Tuxel hujumchi Romelu Lukakuning o'yindagi harakatlari maqul kelmaganini aytdi.

“U bosim bo'lmagan va juda oddiy vaziyatlarda to'pni ko'p yo'qotdi. Albatta, unga yordam berishni xohlaymiz, ammo u jamoaning bir bo'lagi va bazida u ham bmzga yordam berishi kerak. Yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi. Agar birinchi bo'limni tahlil qilsak, biz ko'prog'iga erisha olamiz va buning uddasidan chiqishimiz lozim”, deydi Tuxel.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Lukaku joriy mavsum APLda 14 o'yinda qatnashib, beshta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail