

Jizzaxda kechgan "So'g'diyona" - "Dinamo" uchrashuvi murosasiz va kurashlarga boy o'tdi. Mezbonlar so'nggi daqiqalarda penaltidan urilgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Bu esa hakamlikka oid bir qancha etirozlarni yuzaga keltirdi.
Championat.asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram-kanali) kecha bo'lib o'tgan "So'g'diyona" - "Dinamo" (1:1) o'yinidagi penalti belgilangan vaziyatni tahlil qildi.
- Tushunishimcha, hakam penaltini o'zi belgilamagan - uni monitorga chaqirishgan. Menimcha, bu yerda futbolchilar o'rtasidagi oddiy kontakt bo'lgan. Ikkalasi ham to'pga qaradi va birinchi bo'lib to'p o'ynashga intildi. Normal, o'zaro kurash.
Bu yerda eng muhimi, hakam avvaliga vaziyatni o'yin epizodi sifatida baholadi va VARni ko'rib chiqqandan keyingina penalti belgiladi. Bu nuqtani qayta ko'rib chiqishdan mano yo'q edi. Albatta, hammasi "yakkakurashlar rejasi"ga bog'liq. Lekin kontakt himoyachining tashabbusi bilan bo'lmadi, bu odatiy o'yin to'qnashuvi. Himoyachi tomonidan oshkora turtki, qo'shimcha harakat yo'q.



