Tursunov: "Zarya"ga qarshi bahsda o'yinimdan qoniqmadim"

Narzulla Saydullayev
17 mar 2014, 11:07
Ukraina chempionati 21-turidan o'rin olgan "Vorskla" - "Zarya" uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi.
Uchrashuvni to'liq o'tkazgan hamyurtimiz Sanjar Tursunov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin yaxshi taassurot qoldirdi, afsuski yuta olmadik. Gol urish kerak bo'lgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Maydon ham biroz halal berdi. Keyingi bahsda g'olib bo'lishga urinamiz. "Zarya" - kuchli jamoa. Mehnat qilib gol urishdi. Yana gol urishlari mumkin edi. O'z o'yinimdan to'g'risi qoniqmadim", - deydi "Vorskla" a'zosi Sanjar Tursunov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: zakarpatie.com.ua