Turkiyada futbolchilar o'rtasida mushtlashuv kelib chiqishi natijasida 5 nafar o'yinchi chetlatildi

Оқил Абдубарноев
21 dek 2023, 00:35
Turkiya 2-ligasi doirasidagi “Bursaspor” – “Diyarbakirspor” uchrashuvida futbolchilar o'rtasida mushtlashuv bo'lib o'tdi.

Janjal o'yinning asosiy vaqti 2:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo'layotgan pallada sodir bo'ldi. Natijada 5 nafar futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi.

Bundan tashqari, tomoshabinlar maydonga turli buyumlarni uloqtirishgan. Policiya tomoshabinlarning maydonga kirishiga yo'l qo'ymaslik uchun ehtiyot choralarini ko'rdi, tartibbuzarlar qo'lga olindi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ntv.com.tr