

Uchrashuv taqdirini mehmonlarning 23 yoshli hujumchisi Mustafo Muhammad tomonidan urilgan gol hal qildi. Ushbu g'alabadan keyin ochkolari soni 48 taga etkazib olgan "Galatasaroy" sport klubi "Fenerbaxche" bilan tenglashib oldi. Ammo to'plar nisbatidagi ustunlik evaziga "arslonlar" Turkiya superligasi musobaqa jadvalida yetakchilik qilishmoqda.




