Turkiya. Shomurodov va Fayzullaev gol urdi, "Bashakshexir" yirik g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
22 dek 2025, 21:08
Turkiya Superligasining 17-turidan o'rin olgan "Istanbul Bashakshehir" hamda "Gaziantep" o'rtasidagi bahsi yakuniga etdi.

O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov hamda Abbos Fayzullaevlar uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi. "Bashakshehir" 5:1 hisobida g'alaba qozongan o'yinda Shomurodov va Fayzullaev o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Eldor Shomurodov bitta golda assistent rolini ham bajardi.


"Istanbul Bashakshehr" - "Gaziantep" 5:1

Gollar: Shomurodov 21, Fayzullaev 29, Qizildog' (avtogol) 53, Gunesh (Shomurodov) 68, Brnich 71 - Kamara 26.

"Istanbul Bashakshehir": Shengezer, Bulut, Duarte, Opoku, Shahiner, Ergun, Gunesh, Fayzullaev, Shomurodov, Harit, Zelke.

"Gaziantep": Gorgen, Guler, Abena, Qizildog', Kabasakal, Peres, Kozlovski, Kamara, Rodriges, Bayo, Maksim.



Eldor Shomurodov ushbu bahsda gol urib, Turkiya Superligasi to'purarlari jadvalida 12ta gol bilan yetakchiga aylanib oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia