
Arda Turan raqib himoyachisi Dani Alvesh bilan kurashda butsasi tushib qoldi va u hakamdan jarima to'pi so'radi. Keyin esa laynsmenga o'sha butsasini uloqtirdi. O'yindan so'ng bosh hakam Xeses Xil Mansano uchrashuv protokolida Turan o'z yordamchisiga qarshi harakat qilganini yozmadi.
"48-daqiqada Turan hakamning qaroriga qarshi chiqib butsasini maydon tashqarisiga uloqtirdi va sariq kartochka oldi" - deb yozadi hakam o'zining hisobotida.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" bu uchrashuvda 3:2 hisobida g'alaba qozonib yarim finalga chiqdi.