Turan: "Galatasaroy" "Chelsi"ni YCHLdan chiqarib yuborishi mumkin"

Narzulla Saydullayev
14 mar 2014
"Galatasaroy" klubi sobiq yarim himoyachisi Arda Turan YCHL 1/8 finali doirasidagi "Chelsi"ga qarshi o'yindan oldin Turkiya klubiga omad tiladi.
"Umid qilamanki, "Galatasaroy" javob bahsini yaxshi o'tkazadi. Birinchi o'yindagi 1:1 hisobi u qadar yomon emas. "Galatasaroy" Londonda gol ursa, barcha narsa bo'lishi mumkin. Istanbul klubi "Chelsi"ni musobaqadan chiqarib yuborishi mumkin.

"Galatasaroy"da buning uchun barcha narsa bor", - deydi Turan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru