Traore ispan grandi safiga qo'shiladi

8 iyul 2020, 22:59
"Vulverxempton" futbolchisi Adama Traore faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida ESPN telekanali ma'lum qildi.

Katalon klubi rahbarlari hujumkor yarim himoyachini jamoaga qaytirishni maqsad qilishgan. Xabaringiz bor, Adama Traore "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2004-2015 yillarda "ko'k-anorranglilar" tizimining vakili bo'lgan. 24 yoshli Traorening ehtimoliy transfer narxi 25,5 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN