To'xtaxo'jaev 10 ming dollar jarima to'laydi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2014, 10:34
Shu yilning 29 noyabr kuni Osiyo Futbol konfederatsiyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda 39 ta vaziyatga nisbatan chora ko'rildi. Jazo olganlar orasida Islom To'xtaxo'jaev ham bor.

O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Toshkentning “Lokomotiv” klubi himoyachisi shu yilning 26 sentyabr kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o'tkazilgan 17-Osiyo o'yinlari doirasidagi Saudiya Arabistoniga qarshi o'tkazilgan uchrashuvdan so'ng bosh hakamni haqorat qilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining 57-moddasiga binoan Islom To'xtaxo'jaev aybdor deb topildi va unga terma jamoa miqyosida 4 ta o'yinlik diskvalifikaciya jazosi tayinlandi. Shuningdek, himoyachi Kodeksning 15.3- moddasiga ko'ra, 10 ming AQSH dollari miqdorida jarima ham to'laydi.

Ushbu summa jazo e'lon qilingan kun (29 noyabr)dan e'tiboran bir oy ichida OFK Tartib-intizom qo'mitasi hisob-raqamiga o'tkazilishi shart. Agar bu kabi holat qayta takrorlansa, jazo darajasi yanada keskinlashtiriladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia