"Tottenxem" Vlaxovich bilan shartnoma imzolash istagini rad etdi

Alisher
11 okt 2021, 10:54
"Tottenxem" sport direktori Fabio Paratichi klubning "Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovich bilan shartnoma imzolashga qiziqishi haqida gapirdi.

"Vlaxovichni ko'plab klublar qadrlaydi, bu normal holat. Hali u bizning rejalarimizda emas. Vlaxovich haqida gapirmoqchi emasman, sababi uning "Fiorentina" bilan shartnomasi bor... yana bir sababi, bizda dunyoning eng kuchli hujumchisi hisoblangan Xarri Keyn bor", - deydi Paratichi.

Vlaxovichning "Fiorentina" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Forvard joriy mavsum A Seriya doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports