"Tottenxem" Turinda "Yuventus"ga qarshi 0:2dan chiqib ketgan uchinchi jamoa

Tolibjon Qosimov
14 fev 2018, 19:36
"Tottenxem" YCHL 1/8 final birinchi uchrashuvi doirasida "Yuventus" bilan durang (2:2) o'ynadi.

"Shporlar" o'yin davomida ikki to'p farqi (0:2) bilan hisobda ortda borayotib durangga erisha olishdi.

Londonliklar Chempionlar ligasi tarixida "Yuventus"ga qarshi Turinda 0:2 hisobida yutqaza turib, mag'lubiyatdan qutulib qolgan uchinchi jamoaga aylanishdi.

Oldinroq, 1999 yilda "Manchester Yunayted" va 2001 yilda "Seltik" shunday ishni uddalagan. U paytlarda "Yuventus" "Delle Alpi" stadionida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/2010MisterChip