"Tottenxem" so'nggi 7ta uchrashuvda 1ta g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
20 may 2023, 19:19
"Tottenxem" omadsizlik girdobiga tushib qoldi.

37-turda "shporlar" "Brentford"ga 1:3 hisobida taslim bo'lishdi. London jamoasi 15 apreldan beri faqat "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi (1:0). Shu bilan birga "Tottenxem" bu vaqt ichida 5ta mag'lubiyatga uchradi va 1ta durang qayd etdi.

"Tottenxem" 27 mart kuni Antonio Konte bilan shartnomani bekor qilganidan so'ng 9ta o'yin o'tkazdi va ular o'shandan beri 2ta o'yinda g'alabaga erishishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru