Tottenxem Realdan Beyl transferiga Modrichni ham qo'shishni so'radi

31 iyul 2013, 09:58
"Real" "Tottenxem" yarim himoyachisi Garet Beyl transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Real"ning 85 million funtlik taklifiga londonliklar Luka Modrichni ham qo'shib berishlarini so'radi, deya xabar bermoqda The Times.

Eslatib o'tamiz, Modrich aynan "Tottenxem"dan o'tgan yili "Real"ga o'tgandi. 27 yoshli Xorvatiyalik futbolchiga shuningdek "Manchester Yunayted" ham da'vogarlik qilmoqda.

Avvalroq, Beyl uchun "Tottenxem"ga 98 million evro hamda Fabiu Koeentrau taklif eilgandi.

Manba: sports.ru