"Tottenxem" Pochettinodan yana 10 million evro ishlab olishi mumkin

Alisher
27 yanv 2020, 18:25
"Tottenxem"ning Pochettino bilan imzolagan shartnomasida maxsus band bor edi.

Argentinalik mutaxassisning yangi klubi murabbiyni joriy mavsumning so'nggiga qadar ishga olsa "shporlar"ga kompensaciya to'lashiga to'g'ri keladi.

Qizig'i, kompensaciya nafaqat APL jamoalariga, balki barcha klublarga tegishlidir.

Argentinalik mutaxassisga bosh da'vogarlar sifatida "Manchester Yunayted" va "Bavariya" klublari tilga olinmoqda.

Ammo, ikki klub xo'jayinlari ham ommaviy ravishda hozirgi murabbiylarga ishonch bildirishayotganliklarini ma'lum qilishdi va ortiqcha pul to'lab murabbiy olib kelishlari qiyin masala.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror