

Shu sababli Antonio Konte fransiyalikning xizmatlaridan foydalana olmasligi mumkin. Posbon hozirda 8 haftani o'tkazib yuborishi aytilmoqda. Shu sabab klub uning o'rniga Freyzer Forsterni tarkibga olib kelmoqchi. Undan tashqari klub yana bir darvozabon bilan shartnoma imzolash variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Short-listdan Ben Foster o'rin olgan. Angliyalik darvozabon o'z vatanida "Uotford", "Manchester Yunayted", "Vest Bromvich" va "Stok Siti" kabi jamoalar darvozasini qo'riqladi. Umumiy hisobda APLda 390 o'yinda ishtirok etdi.



