"Tottenxem" Lorisga shartnoma taklif qildi

Mirjalol Normatov
6 dek 2021, 23:50
"Tottenxem" darvozabon Ugo Loris bilan shartnomani uzaytirish niyatida.

Jurnalist Charli Ekklsherning yozishicha, ayni damda tomonlar muzokaralarni boshlab yuborgan. Bu esa katta ehtimol bilan 2022 yil boshigacha cho'zilib ketishi mumkin.

Aytilishicha, klub posbonning maoshini oshirish niyatida. Ugoning klubi bilan kelishuvi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi.

Ugo ushbu mavsumda APLda 14 o'yinda qatnashib, 17 gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/CDEccleshare