"Tottenxem" "Lester" yetakchilaridan birini xarid qilmoqchi

Alisher
12 may 2020
"Tottenxem" rahbariyati yaqin transferlar oynasida "Lester " himoyachisi Ben Chilvellni xarid qilishga harakat qilishadi.

Xabarlarga ko'ra, angliyalik futbolchiga shaxsan "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, "Tottenxem" bu borada "Chelsi" bilan jiddiy raqobatga kirishishiga to'g'ri keladi.

Chilvellning transfer narxi 40 million funtni tashkil etadi va londonliklar allaqachon "Lester" vakillari bilan ehtimoliy transfer borasida aloqaga chiqishdi.


AlisherMuallif
Manba: Express