"Tottenxem" Keynni qanchaga sotishini ma'lum qildi

Alisher
23 iyul 2021, 10:55
"Tottenxem" rahbariyati jamoa yulduzi Xarri Keyn bilan xayrlashishga tayyor.

"Shporlar" o'yinchi bilan xayrlashishlari mumkin bo'lgan narxni e'lon qildi. London klubi Keynni 187 million evro to'lansagina, qo'yib yuboradi. Futbolchi uchun bosh da'vogar "Manchester Siti".

Keyn - "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Forvard o'tgan mavsum APL doirasida 23ta o'yinda maydonga tushib, 14ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun