"Tottenxem" joriy mavsum "Uayt Xart Leyn"da mag'lub bo'lmadi

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2017, 11:10
"Tottenxem" Angliya Premer-ligasining 20-turida "Chelsi"ni qabul qildi va Dele Allining dubli evaziga 3 ochkoga erishdi.

Shunday qilib, "shporlar" joriy mavsum Angliya chempionati o'yinlarida "Uayt Xart Leyn" stadionida biror marotaba ham mag'lub bo'lgani yo'q. Ular uyda o'tkazgan 10 ta o'yinning 8 tasida g'alabaga erishib, 2 tasida durang qayd etdi.

Bu 2000/01 mavsumdan so'ng eng yaxshi natija. O'sha mavsumda "Tottenxem" uyida o'tkazgan 13 ta bahsda mag'lub bo'lmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia