"Tottenxem" Fernandeshdan qutulishga qaror qildi

Alisher
23 yanv 2021
"Tottenxem"da ijara asosida o'ynayotgan Jedson Fernandesh muddatidan oldin "Benfika"ga qaytishi mumkin.

Ingliz klubi 22 yoshli portugaliyalik xavbekning ijarasini bekor qilishga tayyor. Bitim 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Fernandeshning yakuniy taqdiri kelasi haftaning so'nggida ma'lum bo'ladi.

Yarim himoyachi joriy mavsum londonliklar safida barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakat amalga oshira olmadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano