"Tottenxem" yetakchisi safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2022, 18:44
Londonning "Tottenxem" klubi yetakchilaridan biri Son Xyon Min UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasida "Marsel"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Shu sabab koreyalik hujumchi uchrashuvni yakunlay olmadi.

30 yoshli ijrochining jarohati haqidagi ma'lumotlar hali aytilmadi. Yaqin orada u tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Eslatib o'tamiz, "Velodrom"da kechgan uchrashuv "shporlar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi. Londonliklar Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga birinchi o'rin bilan chiqishdiyu

Son joriy mavsumda londonliklar safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic