

Bu haqda "TEAMtalk" xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, "shporlar" kuzatuv ostiga olgan futbolchilar ro'yxatiga Ademola Lukman ("Atalanta"), Rodrigo ("Real" Madrid), Savino ("Manchester Siti"), Niko Uilyams ("Atletik" Bilbao) va Magnes Akliush ("Monako") kirgan.
Shuningdek, londonliklar "Bryugge" vingeri Xristos Colisga ham qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, klubning tahlil bo'limi va yuqori lavozimdagi skautlardan biri aynan 23 yoshli Gretsiya terma jamoasi futbolchisini tarkibni kuchaytirish uchun ustuvor variant deb hisoblamoqda. "Tottenxem" rahbariyati Colis o'z o'yin xususiyatlari jihatidan jamoa talablari va APLdagi o'yin uslubiga mos keladi deb hisoblamoqda.
Yaqin transfer oynasi arafasida yangi vinger izlash klub uchun eng muhim vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.



