"Tottenxem" bilan o'yindan oldin "Yunayted"ning nohush statistikasi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2019, 13:13
Ertaga, 13 yanvar kuni APLning 22-turi doirasida "Tottenxem" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi o'tkaziladi.

Mankunianliklar Londonda "Tottenxem" maydonida so'nggi marta g'alaba qozonganida 2012 yilning mart oyi bo'lgan. Eshli Yang dubl qayd etgan bahsda "Yunayted" 3:1 hisobida g'alabaga erishgandi.

Hozirda "Yunayted" APLning 6-jamoasi bo'lib turibdi. "Shporlar" esa 3-o'rinda. Tomonlarning birinchi davradagi bahsida mehmonlar 3:0 hisobida g'alaba qozongandi.

Agarda "Yunayted" g'alaba qozonadigan bo'lsa, Ole-Gunnar Sulsher klub rekordini o'rnatadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports