"Tottenxem" Beylni sotib oladi, agar...

Omonjon To`xtamirzayev
9 avg 2017, 10:16
Tunda UEFA Superkubogi uchun bahsda Madridning "Real" jamoasi "Manchester Yunayted" ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi va bosh sovringa ega chiqdi.

So'nggi paytlarda muxlislar o'yinidan qoniqish xosil qilmayotgan Garet Beyl asosiy tarkibda boshladi. Qanchalik urunmasin Beyl bu uchrashuvda gol ura olmadi (bir bor juda qulay vaziyatda, o'ta kuchli zarba bergan bo'lsa ham), ammo Isko gol urgan vaziyatda to'pni sherigiga ajoyib etkazib berganini ham etirof etish lozim. 

Bazi manbaalar uchrashuvgacha UEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogidagi bahslar Garet uchun hal qiluvchi bo'lishi mumkinligini takidlashgandi. 

Va agar mabodo "Qirollik klubi" Garet Beylni sotishga qaror qilsa, dastlab "Tottenxem" klubidan bir og'iz so'rashi lozim. 

"Mirror" nashrining xabariga ko'ra, Beylning shartnomasi shunday band borki, unga ko'ra "Real" uni sotmoqchi bo'lsa, Tottenxem birinchi xaridor sifatida ko'riladi.

Amalda voqealar rivoji qanday bo'ladi ko'ramiz.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia