"Tottenxem" "Bayer" posboni Lenoga da'vogar

Aslanov Jasurbek
25 apr 2016, 17:20
"Tottenxem" murabbiylar shtabi "Bayer" darvozaboni Bernd Leno xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda ingliz va nemis klublari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tmoqda.

Lenoning "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilda yakuniga etadi, uning transfer narxi 18 mln. evro. 24 yoshli futbolchi 30 aprelgacha yakuniy qarorni qabul qilishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild