Leno London klubi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma tuzadi

Alisher
1 avg 2022, 11:30
"Arsenal" darvozaboni Bernd Leno "Fulxem"ga o'tishga yaqin.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

30 yoshli nemis 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Transfer "Fulxem"ga 10 mln evroga tushadi.

Leno o'tgan mavsum 8ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 11ta to'p olib chiqdi va 3ta "quruq" o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira