"Tottenxem" Aaronsni 30 mln funt evaziga xarid qilishi mumkin. MYU va "Everton" ham himoyachi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
23 iyun 2021, 10:01
Himoyachi Maks Aarons "Norvich"dan ketishi mumkin.

Futbolchi uchun "Tottenxem" da'vogarlik qilmoqda. Bu Serj Orening jamoadan ketishi bilan bog'liq.

21 yoshli Aaronsning narxi - 30 mln funt atrofida, "Tottenxem"ni 50 mln funtlik Tarik Lempti ("Brayton")dan ko'ra uning narxi qoniqtiradi.

Qayd etish kerakki, Aaronsga "Manchester Yunayted" va "Everton" qiziqish bildirmoqda, Manchester klubi garchi "Atletiko"dan Kiran Tripperni xarid qilishni afzal ko'rgan bo'lsa ham.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports