"Tottenxem" 2 yillik armiyaga ketishi mumkin bo'lgan futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2018, 17:29
"Tottenxem" klubi hujumchi Son Xyon Min bilan yangi shartnoma imzoladi.

"Shporlar" va janubiy koreyalik forvard o'rtasidagi yangi bitim 2023 yilda yakuniga etadi. Bu haqda "Tottenxem" rasmiy sayti xabar berdi.

Oldinroq, Son Xyon Min armiyaga ketishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Janubiy Koreya qonunchiligiga ko'ra, mamlakatning barcha erkaklari 28 yoshgacha harbiy xizmatni o'tashi majbur. 8 iyul kuni Son Xyon Min 26 yoshga to'ldi, shu sababli u 21 oylik armiyaga yo'l olishi kerak. Son harbiy xizmatdan qutilib qolishi uchun Osiyo O'yinlari yoki Osiyo Kubogida g'alaba qozonishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia