Toshkentning "Lokomotiv" klubi safida rossiyalik hujumchi ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2018, 13:29
"Istiqlol" klubining rossiyalik hujumchisi Dmitriy Barkov Toshkentning "Lokomotiv" klubi ko'rigida bo'lib turibdi.

Dmitriy Barkov "Lokomotiv" safida Dubaydagi yig'inga uchib ketdi. Bu haqda Tojikiston klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma'lumot uchun, 1992 yil tug'ilgan Barkov 2017 yil yanvar oyidan buyon "Istiqlol"da o'ynab kelmoqda. Bunga qadar Estoniyaning "Narva-Trans", Rossiyaning "Kolomyagi", "Kareliya", "Tosno" va "Kaluga" kabi klublarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin "Nasaf" safida Turkiyadagi yig'inga yana bir "Istiqlol" futbolchisi Jahongir Aliev uchib ketgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia