Toshkentga Mxitaryan boshchiligidagi Armaniston terma jamoasi keladi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2020, 11:01
Biroz oldin O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilingani haqida xabar bergandik.

O'FA xalqaro bo'limi say harakatlari tufayli tezda Qozog'iston o'rniga boshqa raqib topildi. Bu Genrix Mxitaryan boshchiligidagi Armaniston terma jamoasi. O'FA hamda AFA o'rtasidagi kelishuvga ko'ra mazkur bahsda ikkala jamoa ham eng kuchli tarkibi bilan o'ynaydi. Demak, 26 mart kuni Toshkentga "Roma"da o'ynayotgan Genrix Mxitaryan, "Xoffenxaym"da gollar urayotgan Sargis Adamyan va boshqa futbolchilar tashrif buyurishadi. 

Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi shu kunga qadar Armaniston bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan va ikkalasida mag'lub bo'lgan. Armaniston terma jamoasi hech qachon O'zbekistonga kelmagan.

2001 yil fevral oyida Bolgariyada o'tgan bahsda Armaniston 2:0 hisobida g'alabaga erishgan. 2010 yil may oyida Erevandagi uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchishgan. Bizdan Aleksandr Geynrix yagona golni urgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia