Toshkentda OFK “C” licenziyasi dasturi bo'yicha murabbiylik kurslari bo'lib o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
29 fev 2020, 21:48
Bilasiz, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish hamda murabbiylar malakasini oshirish maqsadida muntazam ravishda qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

25 fevral kuni poytaxtimizda OFKning “C” licenziyasi dasturi bo'yicha murabbiylik kurslari start oldi. 5 martga qadar davom etadigan mazkur kurs davomida o'quv jarayoniga yo'riqchi Shamil Iseev rahbarlik qilmoqda. Kurs ham amaliy, ham nazariy mashg'ulotlardan iborat. O'quv kurslarida yaqin o'tmishning mashhur futbolchilaridan – Kenja To'raev, Ildar Yuldashev, Mahliyo Sarikova kabi jami 20 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.

Yakunda imtihonni muvaffaqiyatli topshiradigan murabbiylar 3 yil muddatga “C” licenziyasiga ega bo'lishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz