Toshkentda Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyalarining navbatdan tashqari kongressi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2016, 14:57
Kecha, 3 iyun kuni Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyalarining (CAFA) navbatdan tashqari kongressi bo'lib o'tdi. Yig'ilish O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida bo'lib o'tdi.

Ushbu Kongressda Assotsiatsiya a'zolari mintaqada futbolni rivojlantirish bo'yicha masalalarni hal qilishdi va qo'mitalar tarkibini aniqlab olishdi. Bundan tashqari, 2016 yil ikkinchi yarmi uchun erkaklar (U-19) va ayollar (U-18) musobaqalari borasida kelishuvga erishildi.

Kongress doirasida delegatlar O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi va Sport medicinasi ilmiy tadqiqot markaziga tashrif buyurishdi.

Eslatib o'tamiz, 2015 yil yanvar oyida Avstraliyaning Melburn shahrida OFKning navbatdan tashqari kongressi bo'lib o'tgandi. Unda qitani beshta mintaqaviy Assotsiatsiyalarga ajratish taklifi berilgandi. Markaziy Osiyo mintaqasiga O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg'oniston va Eron mamlakatlari a'zo bo'ldi. Keyinroq CAFA qarorgohi Toshkentda bo'lishi kelishib olindi. O'FF prezidenti Mirabror Usmonov Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi rahbari hisoblanadi.

Kongressda O'zbekistondan O'FF vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev va CAFA bosh kotibi Avaz Maksumov ishtirok etishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia