


"Bugungi g'alaba bilan butun jamoa a'zolarini tabriklayman. Hamma katta mehnat qildi. Qolaversa, O'zbekistonga ajoyib mezbonlik uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Endilikda bor e'tiborimizni har ikki frontdagi (OCHL va chempionat) kurashga qaratamiz. Asosiy maqsadimiz – keyingi bosqichni ham muvaffaqiyatli davom ettirib, imkon qadar uzoqroqa borish. Bundan tashqari, Jey-liga o'yinlariga ham puxta tayyorgarlik ko'ramiz va o'tgan yilgi muvaffaqiyatimizni takrorlashga urinamiz", – dedi Onike.



