"Tottenxem" yaponiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2025, 16:22
"Tottenxem" rasman "Kavasaki Frontale"dan himoyachi Kota Takai bilan kelishuv imzolaganini e'lon qildi.

20 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan.

Takai – "Kavasaki" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, 17 yoshida asosiy jamoada debyut qilgan. O'shandan beri u barcha musobaqalarda 81 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va o'tgan mavsum klubning OCHL finaliga chiqishiga yordam bergan.

Yaponiya terma jamoasi safida 2024 yilning sentyabrida debyut qilgan va shu kungacha 4 ta o'yinda maydonga tushgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining hozirgi transfer qiymati 2,5 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com