Torres to'rtta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin

30 sen 2013, 12:06
Londoning “Chelsi” klubi hujumchisi Fernando Torres “Tottenxem”ga qarshi o'yinda Yan Vertongenga qarshi qo'pol munosabatda bo'lgani uchun qo'shimcha tarzda yana uchta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

Britan OAVning xabariga ko'ra, agar uchrashuv hakami Mayk Din Torresning Vertongenni yuzini qirgan holatni ko'rmadim degan ko'rsatma bersa, mazkur holatni mustaqil disciplinar komissiya ko'rib chiqadi. Bunday vaziyatda Torresga qo'shimcha dikvalifikaciya yozilishi mumkin.

Agar hakam Mayk Din holatni ko'rganligi haqida ko'rsatma bersa, unda Torres ikkita sariq kartochka olganligi uchun faqatgina bitta o'yinni o'tkazib yuboradi (“Norvich Siti” klubi qarshi o'yin) xolos.


Manba: championat.com